Toshkent shahar Uchtepa tuman 123-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Ochiqlik indeksida yuqori natijani qoʻlga kiritdi

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi yakuniy natijalari eʼlon qilindi. (https://t.me/antikor_uzb/4594)

➖ Unga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 82,6 ball (yashil samaradorlik koʻrsatkichi) hamda vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi 73,3 ballni qoʻlga kiritdi.

👉 Maʼlumot uchun: mazkur baholashda 86 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qoʻmita, agentlik, inspeksiya va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olingan.

Смотреть все